11-sinfning afzalligi shundaki, o‘quvchilar IELTS va SAT kabi fanlardan eng yuqori ballarni to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa ularga xalqaro kollejlar stipendiyalarini olish va dunyoning yetakchi universitetlariga oson kirish imkonini beradi.
Ta’limning ushbu bosqichida, yuqorida tilga olingan o‘quv tizimidan tashqari, bizning o‘quvchilarimiz intellektual salohiyatini rivojlantirish, turli tashkilotlarda volontyorlik faoliyati olib borish, tajriba almashish va kelajak hayotlariga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu bosqichda bizning o‘quvchilar chet elda o‘qishni maqsad qilgan bo‘lib, ular o‘zlarining shaxsiy portfoliolarini shakllantiradilar va o‘z yo‘nalishlariga mos tayyorgarlikni kuchaytiradilar.
O'zbekcha
Русский
English