Oxford International School — Innovatsion ta’lim va xavfsiz kelajak hududi!
Maktabimiz 6067 kv.m maydonda joylashgan bo‘lib, jahon standartlariga javob beradigan infratuzilma va ilg‘or akademik bilimlarni o‘zida mujassam etgan. Bu yerda har bir o‘quvchi o‘z salohiyatini kashf etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
-
Raqamli muhit: Maktab ostonasidanoq o‘quvchilar yuqori texnologiyalar olamiga kiradilar. Virtual axborot tablolari orqali dars jadvali va muhim yangiliklardan doimiy xabardor bo‘lib borishadi.
-
Zamonaviy laboratoriyalar: Kimyo, biologiya va fizika xonalari eng so‘nggi uskunalar bilan jihozlangan. Bu nazariy bilimlarni amaliy tajribalar orqali mustahkamlash imkonini beradi.
-
IT-markazi: So‘nggi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlangan IT-xonamiz o‘quvchilarga raqamli dunyo ko‘nikmalarini mukammal egallashga xizmat qiladi.
-
Sog‘lom ovqatlanish: Maktab oshxonamizda dushanbadan shanbagacha mavsumiy va tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan, vitaminlarga boy taomlar tortiq etiladi.
-
Maksimal xavfsizlik: 24/7 ishlovchi videokuzatuv tizimi va Face ID (elektron nazorat) tizimi orqali o‘quvchilarning kelish-ketish vaqti hamda xavfsizligi qat’iy nazorat qilinadi.
G‘amxo‘rlik va xavfsizlik — bizning bosh mezonimiz!
O'zbekcha
Русский
English
