page-banner image

Hurmatli ota-onalar va kelajagimiz egalari bo‘lgan aziz o‘quvchilar!

Sizni Oxford International School olamida qutlashdan mamnunman!

Bizning maktabimiz har bir o‘quvchining akademik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan. Biz O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi dasturini xalqaro IELTS, SAT va zamonaviy IT-texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirgan holda noyob ta’lim tizimini taklif etamiz.

Oxford International School endi 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarni o‘z bag‘riga qabul qiladi. Biz yosh avlodni nafaqat bilimli bo‘lishga, balki butun umr davomida o‘rganishdan to‘xtamaydigan va jamiyat uchun foydali bo‘lgan haqiqiy yetakchilar qilib tarbiyalashga intilamiz.

Samarqand shahrining qoq markazida joylashgan maktabimiz o‘zining xavfsiz muhiti, xalqaro tajribaga ega mahalliy va xorijiy mutaxassislari bilan ajralib turadi. Bu yerda farzandingiz ham milliy qadriyatlarga sodiq qoladi, ham dunyo tan oladigan xalqaro darajadagi bilimga ega bo‘ladi.

Maktabimiz bitiruvchilarini porloq kelajak kutmoqda. Bizning mutaxassislarimiz har bir o‘quvchi uchun shaxsiy portfolio yaratishda ko‘maklashadilar. Bu esa ularga dunyoning eng nufuzli universitetlariga ortiqcha qiyinchiliksiz va katta ishonch bilan kirish imkoniyatini beradi.

Men Oxford International School farzandingiz hayotida eng to‘g‘ri va samarali qadam bo‘lishiga ishonaman. Hamjamiyatimizga bo‘lgan qiziqishingiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Barchangizni muvaffaqiyatli kelajak sari boshlanadigan qiziqarli sayohatimizga taklif etaman!

Hurmat bilan, Jo‘rayev Botir Ilhomovich Oxford International School asoschisi

welcome image
применить
сейчас