Vazifa
O‘zini rivojlantirish va o‘zini namoyon etish salohiyatiga ega, raqobatbardosh shaxsni shakllantirish — tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan jamiyatda hayotning turli sohalarida faol va samarali ishtirok etishga tayyor bo‘lgan shaxsni tarbiyalash.
Maqsad
O‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga, yuqori savodxonlik darajasiga va barqaror o‘quv motivatsiyasiga ko‘maklashuvchi ta’lim muhitini yaratish hamda har bir o‘quvchi uchun muvaffaqiyatli kelajakni ta’minlash.
Qarashlar
Oxford International Schoolda har bir o‘quvchi uning rivojlanishi va yuksalishiga yordam beruvchi qulay va inklyuziv muhitdan foyda ko‘radi. Amaliy o‘quv tajribasi doirasida biz ijodiy va tanqidiy fikrlashni rag‘batlantiramiz. Bizning o‘quv dasturimiz maktabimizdagi turfa xil o‘quvchilarni qadrlaydi va barcha o‘quvchilar hamda jamoa a’zolari o‘rtasida mehrga asoslangan, ochiq va o‘zaro foydali hamkorlik muhitini yaratishga yo‘naltirilgan.
Filosofiya
Oxford International School har bir o‘quvchining ta’limiy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, ularning akademik, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish sohalarida mukammallikka erishishni maqsad qilgan.
O'zbekcha
Русский
English